Superliga. «Paxtakor» - «Navbahor» o'yinida penalti bor edimi? Ermatov javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Kecha O'zbekiston Superligasining 18-turidan o'rin olgan «Paxtakor» — «Navbahor» uchrashuvi 0:0 hisobida o'z yakunlanganidan xabaringiz bor.
O'yindagi eng e'tiborli vaziyat 32-daqiqada ro'y berdi. «Paxtakor» hujumchisi Xolmatov jarima maydonida yiqildi. Dastlab bosh hakam Zokir Qodirov penaltiga ishora qildi. Biroq vaziyat VAR yordamida ko'rib chiqilgach penalti yo'q ekanligi aniqlandi va qaror o'zgartirildi. Ushbu vaziyatga O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov munosabat bildirib o'tdi:
“Markaziy o'yinlarda har bir epizod uchrashuvni o'zgartirib yuborishi mumkin. O'sha vaziyatda VAR futbolchilar harakatiga to'g'ri baho bera oldi va natijada nohaq penalti belgilanishining oldi olindi. VAR aynan mana shunday bahsli vaziyatlarda adolatli qaror chiqarishga xizmat qilgani e'tiborga loyiq. Biz bu boradagi ish sifatini yaxshilash bo'yicha harakat qilishda davom etamiz. Maqsadimiz bosqichma-bosqich har bir o'yinda VAR bo'lishini ta'minlash”, — deydi Ravshan Ermatov.

Bosh sahifaga
241