Konte «Manchester Yunayted»ni boshqarishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

«Inter» va «Chelsi» klublarining sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «Manchester Yunayted»ni boshqarishga tayyor.
Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi turida «Yang Boyz»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2), Ole-Gunnar Sulsherning «qizil iblislar»dagi kursisi biroz qimirlab qoldi va bukmeykerning taxminiga ko'ra, agar natijalar yaxshi tomonga o'zgarmasa, norvegiyalik «MYu»dan ketishiga to'g'ri keladi.
Jurnalist Janluka Di Martsioga ma'lum bo'lganidek, Konte Premer-ligaga qaytishga hamda o'z tarkibi va moliyaviy holatlari orqali barcha muhim turnirlarda g'alaba uchun kurasha oladigan «Yunayted»ni boshqarishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, ilgari Konte «Tottenxem» va «Arsenal» boshqaruviga kelishi haqidagi taxminlar tarqalgan edi. Ammo, italiyalik murabbiy bundan ham yaxshiroq vazifani kutmoqda.

Bosh sahifaga
210