Texnik sabab tufayli VAR “So'g'diyona” — “Bunyodkor” o'yinida ishlamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Coca-cola Superliga 18-turining 5 ta o'yinida VAR texnikasidan foydalanish rejalashtirilgandi. Hozirgacha mazkur texnika Qo'qon, Toshkent shahri, Toshkent viloyatidagi o'yinlarda ishladi.
Bugun — 16 sentyabr kuni mavjud ikki texnikaning biri “Lokomotiv” — “Surxon” o'yinida ishlashi rejalashtirilgan. Biroq Jizzax shahrida bo'lib o'tadigan “So'g'diyona” — “Bunyodkor” o'yinida teleradiokompaniya rejalari bilan bog'liq o'zgarish sabab, VAR texnikasi ishlamaydigan bo'ldi. Shu tariqa Rahimbek Karimov, Timur Gaynulin, Valentin Kovalenko kabi hakamlarning Jizzaxga safari qoldirildi.
Manba: pfl.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
327