«Manchester Siti» hujumchisi «Yuventus» va «Bavariya» «radariga tushgan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118
Turinning «Yuventus» klubi «Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jezusni sotib olmoqchi.
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, «Byankonerilar» rahbariyati 24 yoshli braziliyalik hujumchi hisobiga hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi. Shu bilan birga, «keksa sinora» futbolchi uchun Myunxenning «Bavariya»si raqobatiga qarshi turishi kerak bo'ladi. Sababi, «nemis mashinasi» ham «shaharliklar» hujumchisi xizmatlaridan manfaatdor.
Eslatib o'tamiz, Jezus joriy mavsumda Premer-liganing dastlabki to'rtta uchrashuvida qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!