«Borussiya Dortmund» Holandga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113
Hujumchi Erling Holand kelgusi yozda «Borussiya Dortmund»ni tark etishi mumkin. Shu sababli nemis klubi allaqachon to'purarining o'rniga boshqa futbolchi qidirishni boshlagan.
Bild nashri xabariga ko'ra, «asalarilar» rahbariyati «Chelsi» hujumchisi Timo Vernerni norvegiyalikning o'rinbosarlaridan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.
Ehtimoliy transfer 2020 yil yozida amalga oshishi mumkin. Biroq, bu xarid «Leyptsig»dan 53 million evro evaziga sotib olingan Vernerning juda qimmatligi sababli bazi muammolar kelib chiqishi mumkin.
Shuningdek, avvalroq, Timoga Robert Levandovskiga munosib o'rinbosar qidiryotgan «Bavariya» ham qiziqish bildirganligi xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!