Messi «Bryugge»ga qarshi yubiley uchrashuvini o'tkazmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Hujumchi Lionel Messi «PSJ» bilan Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlaari doirasidagi «Bryugge»ga qarshi o'yinini asosiy tarkibda boshladi.
Argentinalik uchun bu uchrashuv Chempionlar Ligasidagi 150-o'yin bo'ldi. Shu tariqa, Messi EChLdagi yubiley bahsida maydonga tushagan. Chempionlar Ligasida faqatgina, uch futbolchi Leodan ko'proq o'yin o'tkazgan. «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xavi (151 uchrashuv), «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (177 o'yin) «Real» va «Portu»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas (177 o'yin) Messidan yaxshiroq natija qayd etib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323