Mourino: «Konferentsiyalar-ligasida g'olib bo'lishni xohlayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino Konferentsiyalar-Liga guruh bosqichi boshlanishidan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqdashdi.
«Men Evropa kubogini yutganman. Bu 1997 yilda «Barselona» bilan bo'lgan, keyin biz Kubok egalari kubogini yutganmiz. O'sha paytda men jamoada yordamchi bo'lib ishlaganman. Endi men Konferentsiyalar-ligasida g'olib bo'lishni xohlayman, lekin bizning maqsad nafaqat bu sovrinni, balki biz ishtirok etadigan uchta turnirda, A Seriya, Italiya kubogi va Konferentsiyalar-ligasida ham g'olib bo'lishni istaymiz. Albatta, chempionlik biz uchun ustuvor vazifadir, lekin men to'g'ri mentalitetni shakllantirmoqchiman.
Endi biz Konferentsiyalar-ligada g'olib bo'lishimiz noma'lum, lekin bu menga haqiqatan ham qiziq tuyulmoqda. Birinchi qadam - guruhda g'alaba qozonish. Hech qanday ta'til va dam olish yo'q. Hozirda bor e'tibor TsSKA Sofiya bilan o'yinga qaratilgan», - deya Mourinoning so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.

Bosh sahifaga
279