Rossiyalik mutaxassis: «Menimcha, Azmunning o'yin darajasi Shomurodovdan ustun»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Rossiyaning «Axmat» klubi bosh murabbiyi Andrey Talalaevning fikricha, «Zenit» hujumchisi Serdar Azmun Italiya klubida o'zini ko'rsata oladi.
«Menimcha, Azmun A Seriyada o'ynab keta oladi. Buni Eldor Shomurodov misolida ham ko'rishimiz mumkin. Umuman olganda, ayni paytda tezkor hujumchilar hammaga kerak. Shomurodov «Roma»da muvaffaqiyat qozonadi, mening fikrimcha, Serdar ham buni uddalaydi va u o'yin darajasi bo'yicha Shomurodovdan ustun turadi. Shuning uchun, agar Azmun A Seriyasi jamoasiga o'tsa, u Italiyada o'zini ko'rsata olishiga ishonaman», - deya Talalaevning so'zlarini keltiradi «Sovetskiy sport» nashri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279