Gvardiola 2023 yilda «Manchester Siti»ni tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2023 yilda «shaharliklar» jamoasini tark etishi mumkin, deb xabar beradi The Sun nashri. Manbaga ko'ra, ispaniyalik klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Xabar qilinishicha, Gvardiola terma jamoalar bilan ishlash niyatida. Murabbiy Ispaniya terma jamoasini boshqarishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda «qizil furiya» bosh murabbiyi Luis Enrike hisoblanadi va Pep katta e'timol bilan ushbu mutaxassis o'rnini egallaydi.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola «Manchester Siti» boshqaruvini 2016 yilda qabul qilib olgandi. Bu vaqt ichida «shaharliklar» uch marta Angliya chempioni bo'lishdi va bir marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208