«Manchester Yunayted» Sulsher bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1568
«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy Ole-Gunner Sulsher bilan xalqaro o'yinlar tanaffusida yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Mirror xabariga ko'ra, rahbariyat norvegiyalik mutaxassis ishidan mamnun va yangi mehnat bitimini imzolash uchun mavsum yakunlanishini kutib o'tirmoqchi emas.
Avvalroq, Sulsherning maoshi yiliga 8,7 million evroni tashkil qilishi va bu Mourino maoshidan ikki barobar past ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ayni paytda «Manchester Yunayted» APL jadvalida 58 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!