Messining futbolkalari savdosi Neymarnikidan 50 foizga ko'proq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

L'Equipe xabar berishicha, hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolanishi PSJ uchun katta daromad keltiryapti.
Messi familiyasi tushirilgan futbolkalar Neymarning ismi yozilgan futbolkalarga qaraganda 50% ko'proq sotilmoqda. PSJ futbolkalari savdosining umumiy o'sishi 30-40%ni tashkil qiladi.
Klub do'konlariga muntazam etkazib berilishiga qaramay, Messining futbolkalarini topish deyarli imkonsiz.
Messi kelganidan keyin PSJ ikkita homiy topdi. Masalan, Parij klubi kriptovalyuta bo'yicha dunyodagi etakchi platforma Crypto.com bilan 25 dan 30 million evrogacha bo'lgan shartnoma imzoladi.
Shuningdek, Messi PSJga kelganidan so'ng, parijliklar ijtimoiy tarmoqlarda 25 million yangi obunachiga ega bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339