Harri Maguayr Van-Bissakaning qizil olganiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

"MYu" futbolchisi va sardori Harri Maguayr "Yang Boyz"ga qarsshi uchrashuvdagi Van-Bissakaning qizil olganiga munosabat bildirdi. Jurnalist Mark Kritchley uning so'zlaridan iqtibos keltiradi:
"Men bu vaziyatga izoh bera olmayman. Negaki, vaziyatni qayta ko'ra olmadim. Aniqki, sekin videotakrorda har bir harakat qo'pollikday tuyulishi mumkin. To'p ketganidan so'ng qilingan harakatlar albatta fol sifatida ko'riladi. Lekin haqiqatdan ham hakam qaroriga izoh bera olmayman".
"MYu" Ronalduning goli evziga oldinga chiqqan edi, ammo 66 daqiqada Momi Ngamolyo muvozanatni tikladi. Qo'shib berilgan vaqtda esa Jessi Lingardning xatosi tufayli shveytsariyaliklar o'yinni yutib ketdi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331