Ronaldu kechagi mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida "Yang Boyz"ga qarshi o'yindan so'ng (1:2), o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Manchester Yunayted" uchrashuvning 95+5-daqiqasida hal qiluvchi golni o'tkazib yubordi.
"Bu biz xohlagan natija emas edi, lekin endi bu uchrashuvni unitishimiz, keyingi o'yinga e'tibor qaratish vaqti keldi!" - deb yozdi Ronaldu tvitterda.
Eslatib o'tamiz, portugaliyaliklar uchrashuvda mankunianlarning yagona goliga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
327