Marselo mashg'ulotda jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Mavsum boshlanganiga ko'p vaqt bo'lmagan bo'lsa-da "Real" himoyachisi Marselo ikkinchi marta jarohat oldi. Braziliyalik futbolchi jamoaning kechagi mashg'uloti paytida eski jarohatini takrorlab oldi.
Tibbiy tekshiruv natijasida uning chap oyog'i tizza osti paylarida jarohat aniqlandi. Uning sog'ayishi uchun 10 kun vaqt talab etiladi. Shu bois, Marselo «Inter» (EChL), «Valensiya» (La liga) va «Malorka» (La liga)ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi. U 28 sentyabr kuni bo'ladigan «Sherif»ga qarshi o'yingacha tiklanishga ulguradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304