Karlo Anchelotti: «Chempionlar ligasi «Real»ni doim ilhomlantiradi. Biz barcha titullar uchun kurashamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Karlo Anchelottining ta'kidlashicha, "Real"ga bu mavsum ushbu turnirda oson bo'lmaydi.
"Real" EChL favoritimi yo'qmi aytish biroz qiyin. Biz har doimgidek titul uchun kurashamiz. Bunga bor e'tiborimizni qaratishimiz kerak. Gap aynan shunda. Umuman, biz hamma titullar uchun kurashamiz.
"Inter"da yangi g'oyalar, kuchli o'yinchilar bor. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. O'zaro bahs juda ochiq kechadi.
Chempionlar ligasi "Real"ni doim ilhomlantiradi. Ammo, start oson bo'lmaydi. "Inter" juda ajoyib jamoa, uning murabbiyi ham juda kuchli", – deydi Karlo Anchelotti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313