Sarri ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

"Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri diskvalifikatsiya tufayli jamoasining A Seriyaning navbatdagi ikkita o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
«Burgutlar» ning 62 yoshli murabbiyi yaqinda «Milan» ga qarshi o'yinda (0: 2) maydondan chetlatilishining oqibatlari ma'lum bo'ldi. Football Italia xabar berishicha, Mauritsio Sarri «rossoneri» futbolchisi Aleksis Salemakersni haqorat qilgani va uni texnik maydondan chetlatgan hakam bilan bahslashgani uchun Italiya chempionatida jamoasining ikkita o'yinini o'tkazib yuborishi kerak bo'ladi.
Shu tariqa, «Latsio» «Kalyari» va «Torino» ga qarshi murabbiysiz o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313