Ronaldu Kasilyasning rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun "Real"da o'ynagan ispaniyalik sobiq futbolchi Iker Kasilyas rekordini takrorlaydi. Bir necha daqiqalardan keyin portugaliyalik Chempionlar ligasidagi 177-o'yinda ishtirok etadi.
Bugun Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi o'yinlari bo'lib o'tadi. Ulardan birida "Manchester Yunayted" safarda Shveytsariyaning "Yang Boyz" klubini qabul qiladi va Ronaldu boshlang'ich tarkibda maydonga tushadi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted"da olti mavsum davomida Krishtianu Ronaldu 292ta o'yin o'tkazdi, 118ta gol urdi va to'qqizta sovrinni qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331