Pelening qizi otasining ahvoli haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Futbol afsonasi Pelening qizi Kelli Nasimento otasining ahvoli haqida ma'lumot berdi.
Eslatib o'tamiz, 80 yoshli braziliyalik bir necha kun oldin organizmidagi o'smani olib tashlash bo'yicha operatsiya qilingan edi.
"Qizg'in qo'llab-quvvatlash uchun barchangizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Operatsiyadan so'ng u o'zini yaxshi his qilmoqda. Unda og'riqlar yo'q, kayfiyati yaxshi (faqat bir xil ovqat eyish joniga tekkan). 1-2 kundan keyin intensiv terapiya bo'limidan oddiy palataga o'tkaziladi. Shundan so'ng uyga javob berishadi.
U kuchli va dadil. Shifokorlarning ajoyib mehnati hamda dunyodagi insonlarning mehri tufayli u barchasini engib o'tadi", - deya yozdi Kelli instagram orqali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203