«Inter» yangi darvozabon qidira boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

«Inter» darvozaboni Samir Xandanovich qishki transfer paytida boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
"CalcioMercato" tarqatgan xabarga ko'ra, "neradzurri" rahbariyati 37 yoshli posbonning joriy mavsumdagi o'yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti. Xandanovich yangi mavsumning start qismida past o'yin ko'rsatdi, deya hisoblamoqda "Inter".
Milanliklar rahbariyati yangi darvozabon qidirish ishlarini boshlab yubordi. Ustuvor variant sifatida "Ayaks" posboni Andre Onana tilga olinmoqda.
Sloveniyalik darvzabon 2012 yildan buyon "Inter" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning "neradzurri" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206