“Turon” futbol klubining U-21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Joriy yilning 10 sentyabr kuni bo'lib o'tgan U-21 chempionati 17-turi doirasidagi “Turon” – “Nasaf” uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etilgan edi.
Biroq “Turon” jamoasi mazkur uchrashuv qaydnomasiga sariq kartochkalari soni 4 taga etib, 17-turni o'tkazib yuborishi lozim bo'lgan futbolchi – A. Abdurashidovni kiritganligi sababli “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar Reglamenti” 17.10-bandiga muvofiq “Turon U-21” jamoasiga texnik mag'lubiyat, “Nasaf U-21” jamoasiga esa texnik g'alaba yozildi.
Shu bilan birga, ushbu uchrashuvda urilgan gollar bekor qilinadi, olingan ogohlantirish va chetlashtirishlar o'z kuchida qoladi.
Manba: pfl.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349