«Milan» Teo Ernandesning narxini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

Ma'lum bo'lishicha, «Milan» himoyachisi Teo Ernandes dunyoning eng boy klublari «PSJ» va «Manchester Siti» nazariga tushib qolgan. Frantsuzlar himoyaning chap qanotini tajribali futbolchi bilan kuchaytirmoqchi, inglizlar esa Benjamin Mendining o'rnini yopmoqchi.
Italiyalik jurnalist Daniele Longoning xabar berishicha, «shaharliklar» allaqachon Milan bilan bog'lanishgan. Ularga berilgan ma'lumotlarga ko'ra, frantsuzning o'zi hozirgi jamoani tark etishni xohlamayapti va klub futbolchini o'z uyida ushlab qolmoqchi. Shu bois, «rossonerilar» 70 million evro va undan ko'p takliflarnigina ko'rib chiqishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363