"MYu" darvozaboni Ronalduning dietasi haqida: "Biz odatda ovqatdan keyin olma pirogi yoki pirojni iste'mol qilardik..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

"Manchester Yunayted" darvozaboni Li Grant portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning dietasi haqida gapirdi.
"Odatda, "Manchester Yunayted" futbolchilari kechki ovqatdan keyin olma pirogi, pirojni yoki shunga o'xshash narsalarni iste'mol qilishlari mumkin edi. Lekin juma kuni hech kim shirinlikka tegmagan. Hamma Ronalduning tarelkasiga qaragan. Unda kinoa, avokado va bir nechta qovurilgan tuxum bor edi. Mana nega Krishtianu hamon ajoyib formada",- deya futbolchining so'zlarini keltiradi talkSPORT nashri.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli Ronaldu yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
341