"Odamlar meni hurmat qilishi uchun yana nima qilishni bilmayman" — Neymar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblangan Neymar o'z tanqidchilari va heyterlari haqida fikr bildirdi. U Peruga qarshi Jahon chempionati saralash o'yinidan keyin bu haqda shunday degan:
"Odamlar meni hurmat qilishlari uchun yana nima qilishim kerak ekanini bilmay qoldim. Bu holat hatto oddiy holga aylanib qoldi. Chunki bu narsa uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Bunday fikr bildirayotganlar jurnalistlar, sharhlovchilar va boshqalar. Shu narsalar sabab, itervyu berishni ham istamaydigan bo'lib qoldim. Menimcha, bu narsalarni ochiq aytish vaqti etdi. Chunki men mana shunaqa hurmatsizliklardan jabr ko'ryapman".
Eslatib o'tamiz, Neymar o'z jamoasi bilan hafta o'rtasida Belgiyaga, EChLda doirasida "Brugge" bilan kuch sinashish uchun uchib ketadi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
343