Sulsher: "U klubda o'z o'rni uchun kurashmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

"MYu" ustozi Ole-Gunnar Sulsher jamoa futbolchisi Van de Bek haqida fikr bildirdi. Mutaxassis futbolchini "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda maydonga tashlagan edi. U shunday deydi:
"Donni barcha kabi jamoamiz bo'lagi. U klubda o'z vaqti uchun kurashyapti. U mavsumdagi dastlabki daqiqalariga aynan bugun ega bo'ldi. Bu "Manchester Yunayted". Bu erda hech kimga oson emas. Mehnatinga yarasha taqdir ko'rasan. Shunday ekan, harakatdan to'xtamaslik kerak. Donni qattiq harakat qilmoqda. Shunga yarasha asosiy tarkibdan joyini oladi. Kelajakda esa vaziyatga qarab ish tutaveramiz".
Gollandiyalik futbolchi "Ayaks"dan xarid qilingan. U o'tgan mavsumda APLda atigi 4 marta asosiy tarkibda maydonga tushirilgan, xolos.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367