"Tottenxem" "Ayaks"ning 20 yoshli futbolchisini sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Londonning "Tottenxem" klubi qishki transfer oynasida "Ayaks"ning himoyachisi
Yurren Timberni xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Fichajes nashrining so'zlariga ko'ra, "shporlar" rahbariyati 20 yoshli gollandiyalikni nafaqat markazda, balki har qanday qanot himoyalarida ham o'ynay olishini hisobga olgan.
London klubi yanvar oyida Niderlandiya terma jamoasida oltita rasmiy o'yin o'tkazgan Timberning transferi uchun "Ayaks" ga 20 million evro taklif qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yurren va "Ayaks" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning yozigacha hisoblangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
365