"Everton" futbolchisi o'z maqsadini o'zgartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Everton" futbolchisi Xames Rodrigez yozgi transferlar oynasida jamoani tark etmoqchi edi. U eski va Evropadagi jonajon klubi "Poru"ga ketmoqchi bo'lgan.
Hozir esa kolumbiyalikning rejalari butunlay o'zgardi. U endilikda, jamoa ustozi Rafa Benitez ishonchiga kirishga harakat qilib ko'radi.
30 yoshli pleymeyker o'zining eng yaxshi sport formasiga chiqishga sa'y qilishi kerak. Darhaqiqat, Xamesga hozirda "Everton"dagidek yiliga 6 million funtlik maoshni hech bir klub berishni istamasligi aniq. Agar kelgusi uch oyda futbolchi asosiy tarkibga kirishga ulgurmasa, u holda klub uni sotib yuborishi aytilgan.
Yozda Xamesga bir qator klublar, xususan "Sevilya", "Milan" hamda "Atletiko" qiziqish bildirgan, ammo uning yuqori maoshi jamoalar uchun og'irlik qilishi ma'lum bo'lgandi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
343