"Liverpul" Mane bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Liverpul" senegallik hujumchisi Sadio Mane bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'z tvitteridagi sahifasi xabar beradi.
29 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 85 million evroga baholamoqda.
Mane "Liverpul"ga 2016 yilda ko'chib o'tgan. Ilgari u Angliyaning "Sautgempton", Avstriyaning "Zaltsburg" va Frantsiyaning "Metts" jamoalarida o'ynagan.
"Liverpul" tarkibida futbolchi Chempionlar ligasi g'olibi, Angliya chempioni, UEFA Superkubogi sohibi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337