"Nyukasl" muxlislari Stiv Bryusning iste'fosini talab qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"Nyukasl" klubi bosh murabbiyi Stiv Bryus "MYu"ga qarshi yirik mag'lubiyatdan keyin muxlislar tomonidan tanqidlarga uchradi. Xabar qilinishicha, "Old Trafford"da 3 mingga yaqin "Nyukasl" muxlislari bo'lgan va mag'lubiyatdan keyin ular Stiv Bryusni ketishi xohlashlarini aytib, shovqin solgan. O'yindan so'ng bu haqda Bryusdan so'ralganida, jahl bilan shunday dedi:
"Bunga nima deyishim mumkin? O'zi umuman nima deyishimni xohlayapsiz? Nima, men bu ahvoldan huzur qilyapmanmi? Men bunga izoh bermayman. Uzr! Biz yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi. Yaxshi o'ynab turib ham gollar o'tkazib yuborish mumkin".
Bryus shogirdlari keyingi o'yinni 17 sentyabr kuni "Lids"ga qarshi o'tkazishadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336