Olmoga talab oshdi. Futbolchiga Evropaning uchta grandi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

Marca nashri xabariga ko'ra, "Leyptsig" hujumchisi Dani Olmo faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Manba bergan xabarga ko'ra, yosh futbolchini "Yuventus", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" klublari nishonga olgan. 23 yoshli hujumchi 70 million evro evaziga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Olmo va "Leyptsig" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan. Hozirgi mavsumda futbolchi Germaniya Bundesligasida atigi 58 daqiqa maydonda o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
285