Grandlar e'tiboridagi futbolchining taqdiri hamon noma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245

Belgiya terma jamoasi va "Lester Siti" yarimhimoyachisi Yuri Tilemansning kelajagi noma'lumligicha qolmoqda. Jurnalist Fernando Poloning so'zlariga ko'ra, belgiyalik "Barselona"ni juda yaxshi ko'radi, lekin ushbu klub safida to'p tepishni birinchi o'ringa qo'ymaydi.
Manbaga ko'ra, hozirda futbolchiga "Real", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" da'vogarlik qilmoqda.
Qayd etilishicha, ayni damda u "Lester" bilan shartnomasini 2023 yilda tugatmoqchi emas va klub bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borishni ko'zlamoqda. Shuningdek, qo'shimcha qilinishicha, "tulkilar" rahbariyati yaxshi taklif chiqsa, Yurini sotish variantini ham ko'rib chiqadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310