2021/22 yilgi mavsumda Italiya tojiga kim ega chiqadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

O'tgan mavsum Italiya A Seriyasida "Inter" "Yuventus"ning 11 yillik gegemonligiga yakun yasadi. Yangi mavsumni A Seriyaning kuchli etti jamoasiga qaraganda, biroz omadsiz tarzda boshlagan bo'lsa-da, Turin klubi yangi mavsumning asosiy favoriti hisoblanardi. Ammo, shuni ham ta'kidlash kerakki, mavsum avvalida Italiyada haqiqiy murabbiylar inqilobi yuz berdi. Faqatgina, kuchlilar orasida "Milan" va "Atalanta" o'z ustozlarini jamoada saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi. Shu munosabat bilan Stadion.uz nashri A Seriyaning Skuddetto uchun kurash olib boradigan jamoalarning imkoniyatini baholadi.
"Latsio" (5%)
O'tgan mavsumda Simone Inzagiga zaxira o'rindig'i etishmadi. Inzagi 2020/21 yilgi mavsumda ancha qiynaldi va "burgutlar" bilan "uchib" keta olmadi. Shunday bo'lsa-da, "Latsio" rahbariyati bosh murabbiy bilan xayrlashishni istamadi, lekin u "Inter" ustoziga aylandi. Biroq, "burgutlar" yangi murabbiy nomini e'lon qilishgan-da, ko'pchilikni bu xabar hayron qoldirdi. Sigaret ko'p chekadigan Sarri - ajoyib mutaxassis. Biroq uning "Chelsi" va "Yuventus"dagi faoliyati yaxshi deb bo'lmaydi, lekin undan oldin "Napoli"da u ajoyib ishlarni amalga oshirdi.
Yozgi transfer oynasida "Latsio" transferlarga atigi 12 million evro sarfladi. Eng qimmat xaridi "Bordo" markaziy yarimhimoyachisi Tom Bashich bo'ldi, ular uchun Rim klubi 6,8 million evro to'lashdi. Qolgan 5 milliondan ortiq million Felipe Anderson (Vest Xem) va Kamenovich
(Chukarichki) uchun sarflangan. "Latsio" shuningdek, juda yuqori sifatli erkin agentga aylangan futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Bular – Zakkani, Pedro va Xyusaya. Sarri oldin Pedro va Xyusaya bilan ishlagan. Shuning uchun ular "burgutlar"da paydo bo'lishi ko'pchilikni ajablantirmadi. "Latsio" yangi mavsum startiga kuchsizlanmay va jamoaning asosini saqlab qolib etib kelgan favoritlardan biri hisoblanadi.
"Milan" (8%)
"Rossonerilar" uchun o'tgan mavsum dramatik tarzda o'tdi. "Milan" yakunda ikkinchi o'rinni egalladi. Bu natijani Milan shahrining bir qancha muxlislari ajoyib natija deb hisoblashdi. Pioli qo'l ostida Kessi, Kalabriya va Ernandes kabi futbolchilar o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazishdi. "Milan" transfer oynasi boshida o'z yulduzlari Hakan Chalhano'g'li va Janluiji Donnarummani erkin agent sifatida qo'ldan chiqarishdi va buni ko'pchilik mutaxassislar muvaffaqiyatsizlik deb qabul qilishdi. Shundan keyin, "Milan" ularning o'rnini to'ldirish harakatiga tushishdi. Darvozada Evro-2020ning eng yaxshi o'yinchisi Donnarumma o'rnini "Lill"dan xarid qilingan Menyan egalladi. Ushbu kiper uchun milanliklar 13 million evro sarflashdi. Shuningdek, "Milan" "Chelsi"dan Fikayo Tomorini 29,2 mln evroga sotib oldi. Bu klubning yozgi transfer oynasidagi eng qimmat xaridi bo'ldi. Ular yana Braim Diasni ijaraga olishdi, "Real" sobiq futbolchisi Chalhanog'lu o'rnini egalladi. Olive Jiru ham mavsum avvalida "qizil-qoralar" a'zosiga aylanishdi. Ular frantsuz futbolchisi uchun "Chelsi" atigi 1 million evro to'lagan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Ibragimovich bilan ajoyib tandem hosil qila oladi. Raqobatchilar muammolarini hisobga olsak, chempionlik uchun "Milan"da ham imkoniyatlar bor, lekin u o'tgan mavsumdagidan yuqori emas.
Roma (10%)
Joze Mourino Italiyaga qaytdi. Portugaliyalik murabbiy faoliyatining eng yaxshi yillari ortda qoldi, lekin endi bor e'tibor "Roma"ga qaratiladi. "Special one" Rimda muvaffaqiyatli murabbiy bo'ladimi, yoki uning muvaffaqiyatlari ortda qoldimi, bu katta sir. Fonseka davrida "bo'rilar" doimiy ravishda autsayderlar bilan ochko olishgan, lekin deyarli har doim raqobatchilarga yutqazib qo'yishgan.
O'tgan mavsumda "Roma" bir qancha katta transferlarni amalga oshirdi. Rui Patrisiu darvozabonlar muammosini hal qiladi, Vinya esa Evro-2020da jarohat olgan Spinatsollaning o'rnini egallaydi. Mourinoga hujumchi ham kerak edi. Shu sabab, rimliklar rahbariyati etakchi hujumchilarni ham sotib olishdi. O'tgan mavsum "Chelsi" bilan Evropaning klublar darajasidagi barcha musobaqalarida zafar quchgan Temmi Abraham "bo'rilar" a'zosiga aylandi. "Roma" rahbariyati ingliz futbolchisi uchun "aristokratlar" 40 million evro to'lashdi. Ko'pgina Italiya OAVda mehnatkash deya ta'rif beriladigan Shomurodovga ham katta mablag' (17,5 mln.) sarflashgan. "Bo'rilar"ning asosiy maqsadi Chempionlar Ligasiga qaytish va bu mavsum A Seriyada biroz shov-shuv ko'tarishga tayyor. Mourino o'zi ishlagan har qanday jamoada sovrin yutib kelgan ("Tottenxem"dan tashqari) va bu an'ana "Roma"da ham davom etadimi, buni mavsum oxirida kuzatamiz.
Napoli (12%)
Endi "Napoli" bosh murabbiyi sifatida Gattuzo o'rnini Luchano Spaletti egalladi. O'tgan mavsum oxirida neapolliklar Chempionlar ligasi poezdining oxirgi vagoniga "ilashib" qolish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lishdi. Biroq, "Napoli" butun mavsum davomida qilgan harakatlarini bir uchrashuv orqali yo'q qildi. Ular oxirgi turda "Verona"ni mag'lub eta olishmadi. Neapolliklar boshqa yosh murabbiylar bilan tajriba o'tkazishni xohlamadilar va Spalettini jamoaga olib kelishdi. "Napoli"ning oldingi va hozirgi murabbiylari 4-2-3-1 taktik sxemada o'ynashadi, ya'ni Neapol klubida global qayta qurish bo'lmagan. Jamoada yaxshi ijrochilar etarlicha topiladi, shuning uchun tarkib deyarli o'zgarmadi. "Napoli"da ham chempionlik uchun imkonyat juda oz, lekin raqiblarning ham jiddiyroq muammolarini sabab qilib ko'rsatsak, Spaletti shogirdlarida ham Skudetto uchun imkoniyat bor.
Atalanta (15%)
Bergamoliklar o'zlarini Italiyaning top-klubi sifatida ko'rsatishdi. Maydonda ularga kim qarshilik qilishidan qat'i nazar, Gasperini tizimi bir necha yildan raqiblarga jiddiy qarshilik ko'rsatmoqda. Alexandro Gomesning qishda ispan klubiga ketishi ham jamoaga katta yo'qotish bo'lmadi, chunki Sapata, Malinovskiy, Muriel va Ilichich o'z navbatida jamoaga etakchilik qilishdi. Milan, Rim va Turin klublari noaniq ko'rinsa-da, "Atalanta" - barqarorroq jamoadir. O'tgan mavsumda Sportello va Gollini asosiy darvozabon rolini bo'lisha olmagan, lekin endi Musso so'zsiz birinchi raqamli kiperga aylanishi kerak. "Atalanta" - Italiyaning quvnoq o'yin ko'rsatadigan eng yorqin jamoasi. Bergamoliklarda har doim kuchli bosim bo'ladi. Natijalari barqaror bo'lishi uchun "Atalanta"da jamoaviy rux va jismoniy tayyorgarlikka muhtoj.
Inter (20%)

"Inter" o'tgan mavsum A Seriya chempioni hisoblanadi. Milan shahrining ikkinchi jamoasi uchun 2020/21 ancha omadli keldi. "Neradzurrilar"ning chempionligi asosiy sababi sifatida bosh murabbiy murabbiy Antonio Konteni ko'rsatishdi. Biroq, Italiyadagi murabbiylar inqilobi "Inter"ni ham chetlab o'tmadi va Konte moliyaviy muammolar sabab, klub rahbariyati bilan tortishib qoldi. Chempionlikdan keyin biroz vaqt o'tib italiyalik mutaxassis klubdan ketdi. Shuningdek, milanliklar bir qancha etakchilari bilan ham xayrlashishga majbur bo'lishdi. Xususan, belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku bilan xayrlashishga majbur bo'ldi, chunki "aristokratlar" futbolchi uchun 115 million evro to'ladi va bu mablag'dan voz kechish qiyin edi. Shuningdek, Ashraf Hakimi bilan ham mavsum yakunlangach xayrlashishga majbur bo'lishdi. Marokashlik uchun "PSJ" 70 mln evro to'ladi.
Biroq, Milan klubi transfer bozorida bir qancha yaxshi xaridlarni ham amalga oshirdi. 13,5
million evro evaziga ular Evropaning chempionatida ajoyib o'yin namoyish etgan "PSV" futbolchisi Dyumfrisni sotib olishdi. Chalhanog'lu va Jeko erkin agent sifatida "Inter"ga o'tdi. Albatta, Inzagining murabbiylik mahorati Kontedan pastroq, ammo "Inter"da jamoaviy rux kuchliroq va baribir klubning asosi saqlanib qolgan. Shuning uchun "neradzurrilar"ning Skudetto uchun yaxshigina imkoniyati bor.
"Yuventus" (30%)
"Keksa sinora" asosiy yulduzidan ayrildi - Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytdi. Dastlabki uch turda Allegri shogirdlari faqat bir ochkoni qo'lga kiritdi. Portugaliyalikning ketishi bosh murabbiyni o'yin strukturasini o'zgartirishga majbur qiladi. Endi "Yuve"da individual mahorat orqali farq qila oladigan futbolchi yo'q.
Endi Allegri tajriba o'tkazishga va turli kombinatsiyalardan foydalanishga
harakat qilmoqda. Agar, Allegri Ronalduning ketishini bilganida, jamoani mavsumga yaxshiroq
tayyorlashi mumkin edi. Moyse Kin qaytgani yaxshi, bu Morataga ajoyib alternativ bo'ladi.
"Keksa sinora" - garchi chempionatni muvaffaqiyatsiz boshlagan bo'lsa-da, A Seriyaning asosiy favoriti sanaladi. Chunki, ularda tajribali va ko'pgina etakchi futbolchilar o'z o'yinlarini namoyish etib ulgurmagan.
Internet materiallari asosida Jamshidjon Mahmudov tayyorladi
Manba: Stadion.uz
Bosh sahifaga
352