Jon Terriga Chempionship klubidan taklif berilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Sobiq "Chelsi" klubi sardori Jon Terri murabbiylik faoliyatini Chempionshipning "Nottingem Forest" jamoasida boshlashi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Forest murabbiyi Kris Hyuton qoniqarsiz natijalari sabab iste'foga chiqarilishi kutilmoqda.
Terri esa uning o'rniga nomzod sifatida ko'rsatiladi. 40 yoshli sobiq futbolchi "Aston Villa" klubida murabbiylar shtabida bir necha mavsum ish olib borgan. U o'zi bilan bir avlod vakillari hisoblanmish, Frenk Lemperd, Mikel Arteta, Stiven Jerrard hamda Patrik Vera kabi kasbdoshlariga havas bilan qaraydi.
Ammo yaqinda sodir bo'lgan Lemperdning "Chelsi"dagi omadsizligi Terrini qaror qabul qilishda shoshmaslikka chaqirmoqda. Unga bu borada vaqt kerak bo'ladi.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348