Futzal bo'yicha JCh. Gvatemala qanday jamoa?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Bugun muhim kun. Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida yurishini boshlaydi.
Dastlabki raqib — Gvatemala. Ushbu terma jamoa turnirdagi eng tajribalilardan. Futzal Gvatemalada ancha ommalashgan, o'z paytida Mundialni qabul qilishgan. O'yinchilar ancha agressiv va kurashuvchan uslubda harakat qilishadi.
Bizning jamoa bilan bir mehmonxonada bo'lganligi sabab ko'ryapmanki, har kungi odatiy mashqlardan tashqari qo'shimchasiga trenajyor zalida ham ishlashyapti. Gvatemala jang taklif etmoqchi.
Bizning jamoa texnika, tezlik va tartibli o'yinda ustun kelishga harakat qiladi. Zo'r bahs bo'ladi. 20:00 da tomosha qiling. Omad tilaymiz.
Davron Fayziev.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334