"Krishtianu yana gol uradimi? Bu erda ajablanadigan narsa yo'q” – Nedved
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

Kecha Angliya Premer-ligasining navbatdagi tur uchrashuvida maydonda "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" uchrashdi. Jamoaga qaytgan Krishtianu Ronaldu "qizil iblislar" safida debyutini o'tkazdi. Portugaliyalik dastabki uchrashuvdayoq ikkita gol urib, o'z nomiga dublni rasmiylashtirdi.
Avvalroq Ronaldu o'ynagan Turinning "Yuventus" klubi rahbarlari sobiq futbolchisining muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
"Krishtianu yana gol uradimi? Bu erda ajablanadigan narsa yo'q”, - deya Pavel Nedvedning so'zlarini keltiradi DAZN nashri.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli hujumchi 2003-2009 yillar mobaynida mankunianliklar klubida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
401