Sulsher kechagi g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

"MYu" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Nyukasl"ga qarshi kechagi uchrashuvdan keyin o'z fikrini bildirib o'tdi. U Ronaldu faktoriga alohida e'tibor berdi:
"Barcha klubga yangi qo'shilganlar o'zini kim ekanini isbotlashi kerak. Ronaldu kecha buni amalda ko'rsatib bera oldi. Kecha stadiondagi atmosfera juda ham ajoyib edi. Klub muxlislari so'nggi o'n kun, u shartnomaga imzo chekkanidan buyon juda ham quvonchdalar. U qo'lidan nima kelishi mumkinligini kechagi o'yinda ko'rsatdi va butun jamoani yana bir bor yuqoriga ko'tardi. U mukammal, futbolchi sifatida etuk hamda boshqalardan ajralib turadi. U bu erdan ketganida boshqacha edi, qaytganida esa yanada yuksalishga erishdi. U hali-hamon shavfqatsiz va bemisil to'purar. Ronaldu gol isini seza oladi. Shuning uchun kerakli paytda kerakli joyda hozir turadi. Men undan yanada ko'prog'ini kutaman".
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
224