Lukaku tarixiy golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku Angliya Premer-ligasining 4-turida "Aston Vila"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.
Belgiyalik futbolchi uchrashuvning 15-daqiqasida Mateo Kovachichning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. Bu gol Lukakuning "Chelsi" libosida "Stemford Brij"dagi birinchisi hisoblanadi.
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Lukaku Sezar Aspilikuetaning uzatmasidan so'ng dubl qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Lukaku yozda "Inter" dan 115 million evro evaziga "Chelsi"ga
ko'chib o'tgandi. Bungacha belgiyalik "aristokratlar" safida 2011 yildan 2014 yilgacha o'ynagan, lekin asosiy tarkibda o'ynamagan, asosan "Vest Bromvich"da ijara asosida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275