MDH o'yinlari. O'zbekiston musobaqani ikkinchi o'rinda yakunladi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida birinchi MDH o'yinlari o'z yakuniga etdi.
Ushbu musobaqa yakuniga ko'ra O'zbekiston delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza medalini, umumiy hisobda 91 ta medal qo'lga kiritdi. Bu orqali terma jamoamiz 9 mamlakat ichida ikkinchi o'rinni egalladi.
Birinchi o'rin mezbon Rossiyaga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikka Qozog'iston vakillari yakun yasashdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa davomida bokschi yigitlarimiz 9 ta (4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza), qizlarimiz esa 11 ta (3 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza) medallarni O'zbekiston delegatsiyasi hisobiga qo'shib qo'yishdi.
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301