"Fiorintino" Vlahovichga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Fiorentina"ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlahovich hali klub bilan shartnomasini uzaytirmagan. Yangi bitim bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z tvitterida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "binafsharanglilar" vakillari kelishuvni tez va muvaffaqiyatli bajarilishiga ishonishadi. Avgust oyida Vlahovich Evropa bir qancha gigantlarining qiziqishiga qaramay, hech qaerga ketmasligini e'lon qildi. Avvalroq, Madridning "Atletiko" klubi 21 yoshli serbiyalik hujumchining xizmatlariga qiziqish bildirgandi. Ispaniya chempioni Vlahovich uchun 75 million evro to'lashga tayyor edi.
O'tgan mavsumda Vlahovich A Seriyaning 37 o'yinida 21 ta gol urdi va chempionatning eng yaxshi yosh
futbolchisi deb topildi. 21 yoshli serbiyalik forvard 2018 yildan buyon "Fiorentina"da o'ynaydi.

Bosh sahifaga
301