Beyl «Selta» va «Inter»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl jamoasining kechagi mashg'ulotida oyog'ida og'riq his qildi va mashg'ulot maydonini erta tark etdi.
Shu bois, u La liganing 4-turidan o'rin olgan «Selta»ga qarshi o'yinda bugun ishtirok etmaydi. "As" tarqatgan xabarga ko'ra, uelslik futbolchi, katta ehtimol bilan, Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Inter"ga qarshi bahsni ham o'tkazib yuboradi.
Garet Beyl joriy mavsumda «Real» va Uels terma jamoasi safida 6ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247