Ro'ziqul Berdiev: «Tartibli o'ynaganimiz g'alabamiz garovi bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Superliganing 17-turidan o'rin olgan «Turon» - «Nasaf» uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
"Sizlar orqali muxlislarimizni tabriklaymiz. Bugungi o'yin ajoyib muhitda o'tdi. Maydon holati, ob-havoning yaxshiligi futbol o'ynash uchun juda qulay bo'ldi. Asosiysi bugun himoyada bexato harakat qildik. Mazkur omil g'alabamizga zamin yaratdi. Shuningdek hujumda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandik. Barcha rejalarimizni amalga oshira oldik. Mazmunli va tartibli o'ynab g'alabaga erishdik. Superligadagi g'alabamizni muxlislar uzoq kutib qolishgandi. Uch ochko bilan yana bir bor barchani tabriklaymiz", — dedi Ro'ziqul Berdiev.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338