Sulsher Ronalduning omadli debyuti haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Krishtianu Ronalduning "Nyukasl"ga qarshi kechgan (4:1) debyuti haqida gapirdi.
"O'yinda g'alaba qozonganingdan xursand bo'lasan. Muxlislarning quvonchini ko'rsang, bu ajoyib tuyg'u baxsh etadi. Bugun o'yindn ko'p narsalar kutgandik, o'ylaymanki, hammasi amalga oshdi. Biz har safar shunday o'ynashimiz kerak. Bu "Manchester Yunayted". Hech narsa o'zgarmadi.
Krishtianu Ronaldu fantastik to'purarga aylandi. U ajoyib o'yin o'tkazdi, yugurdi, o'yinni o'z foydamizga o'zgaritirishimizda muhim rol o'ynadi. Qaerda bo'lishimizni oldindan aytish erta. Biz barqaror bo'lishimiz kerak",- deb Sulsherning so'zlarini keliradi VVS nashri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359