Liga 1 5-tur. «PSJ» Messi va Neymarsiz Parijda "Klermon"ni savaladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Frantsiya chempionati 5-tur uchrashuvlari doirasida parijliklar o'z uyida «Klermon»ni 4:0 hisobida mag'lub etishdi.
Parijliklarning g'alabasini Ander Erreraning dubli va Kilian Mbappe hamda Idrissa Guyelarning gollari ta'minladi.
Ayni dam Liga 1 turnir jadvalida 15 ochko bilan «PSJ» peshqadamlik qilmoqda.
«PSJ» – "Klermon" - 4:0 (2:0)
Gollar: Errera, 20 - 1:0, Errera, 31 - 2:0, Mbappe, 55 - 3:0, Guye, - 4:0
PSJ: Donnarumma, Xakimi (Kerer, 72), Markinos, Kimpembe (Bitumazala, 80), Diallo, Mendesh, Errera, Guye (Ebimbe, 72), Danilu Pereyra, Draksler, Rafinya, Mbappe (Ikardi, 79).
"Klermon": Dema, Zedadka, Oje (Billong, 73), Untondji, Nsimba, Gasten, Bertome (Kaui, 62), Dossu (Tel, 73), Abdul-Samed, Amel, Allevina (Rashani, 62).

Bosh sahifaga
361