Bundesliga 4-tur. Xolandning dubli "Borussiya" Dortmundga "Bayer" ustidan g'alaba keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Germaniya chempionati 4-tur uchrashuvi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubi mehmonda «Bayer»ni 4:3 hisobida mag'lub etdi.
G'alabani mehmonlarga Erling Hollandning dubli, shuningdek, Yulian Brandt va Rafael Gerreyruning gollari keltirdi. Florian Virtts, Patrik Shik va Mussa Diabi «dorishunoslar» safida gol urishdi.
Shu bilan 9 ochko jamg'argan «Borussiya» Bundesliga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallamoqda. «Bayer» 7 ochko bilan beshinchi o'ringa tushib ketdi.
"Bayer" Leverkuzen – "Borussiya" Dortmund - 3:4 (2:1)
Gollar: Virtts, 9 - 1:0, Xoland, 37 - 1:1, Shik, 45 - 2:1, Brandt, 49 - 2:2, Diabi, 55 - 3:2, Gerreyru, 71 - 3:3, Xoland, 77 (s penalti) - 3:4
"Bayer": Gradetski, Frimpong, Ta, Kossunu, Bakker, Demirbay (Belarabi, 79), Andrix, Virtts, Shik (Alario, 78), Diabi, Paulino (Adli, 63).
"Borussiya": Kobel, Mene, Akandji, Pongrachich (Xummels, 84), Gerreyru, Vittsel (Malen, 65), Brandt, Daud, Bellingem, Roys, Xoland.

Bosh sahifaga
357