7 yillik tanaffusdan keyin EChLga qaytgan «Milan» haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

Evropa Chempionlar Ligasi-2021/22 musobaqasi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Biz joriy mavsum EChLda ishtirok etadigan jamoalar haqida ma'lumot beramiz.
UEFA reytingi (2020/21 yakuni): 53
Qanday qilib etib kelishdi: Italiyada 2-o'rin
O'tgan mavsum: Evropa Ligasida 1/16 finalda mag'lubiyat ("Manchester Yunayted", umumiy 1:2)
Evrokuboklardagi eng yaxshi natijasi: G'olib (1962/63, 1968/69, 1988/89, 1989/90, 1993/94, 2002/03, 2006/07)
Bosh murabbiy: Stefano Pioli
Sobiq himoyachi «Milan»da uni tanqid qilganlar ustidan o'zining xotirjam yonadshuvi orqali g'alaba qozondi. Etti yillik tanaffusdan keyin yaxshi natijalar qayd etgan «rossonerilar» skudettoni ham qo'lga kiritishi mumkin edi.
Asosiy o'yinchi: Zlatan Ibrahimovich
39 yoshli shvetsiyalik hujumchi hali ham kuchli. U o'tgan mavsum Italiya chempionatida 19 o'yinda 15 gol urishdan tashqari, o'zining etakchilik qobiliyati va maydonda borligi bilan «rossonerilar» jamoasi yaxshilanishiga yordam berdi. Davide Kalabriya (o'ng qanot himoyachi) shunday degan edi: "Zlatanni ko'rasiz va yaxshiroq o'ynaysiz".

Jamoaning eng katta yozgi xaridi: Olive Jiru
«Milan» o'tgan mavsum Zlatan bo'lmagan o'yinlarda ancha qiyinchilikka uchradi. Endi «Chelsi»dan o'tgan Jiruning jamoaga kelishi bunday holat yuzaga kelishini oldini olishi mumkin. Ko'pchilik, mana shu ikki tajribali hujumchular birgalikda ajoyib ishlarni amalga oshirishiga ishonishmoqda. Tajriba va iste'dod albatta ularda mavjud.
Ko'rish kerak: Brahim Diaz
Hakan Chalxano'glu «Milan»dan ketib azaliy raqibi «Inter»ga borib qo'shilganidan keyin, 22 yoshli ispaniyalik darhol 10-raqamni oldi. Uning maqsadi qandayligi kundek ravshan. O'tgan mavsum «rossonerilar»ning 39 o'yinida 7 gol urishiga qaramasdan jamoada yanada muhim ro'l o'ynash maqsadi borligining yaqqol belgisi hisoblanadi.
Bilasizmi?
EChLda eng ko'p sovrin (7) qo'lga kiritish bo'yicha ikkinchi o'rinda turadigan «Milan» 2014 yilning 11 mart kunidan beri musobaqada ishtirok etmayotgandi. O'shanda klub «Atletiko»ga 4:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Bosh sahifaga
302