«PSJ»da navbatdagi turni bir qator etakchilar o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Bugun «PSJ» Frantsiya chempionatining beshinchi tur uchrashuvida «Klermon»ni qabul qiladi.
Uchrashuv arafasida parijliklar 22 futbolchining ro'yxatini e'lon qilishdi, unda jamoaning ko'plab yulduz futbolchilari yo'q.
Argentinaliklar Lionel Messi, Anxel Di Mariya, Leandro Paredes va braziliyalik Neymar bo'lajak jangni o'tkazib yuborishadi.
«PSJ» matbuot xizmatining xabar berishicha, bunga ular 9 sentyabrdan 10 sentyabrga o'tar kechasi bo'lib o'tgan JCh-2022 uchun Janubiy Amerika saralashida o'z terma jamoalarining o'yinlarida qatnashgani sabab bo'lgan.
Bundan tashqari, Serxio Ramos, Marko Verratti, Dagba, Kurzava va Xuan Bernat jarohatlari tufayli o'yinni o'tkazib yuborishadi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318