Azmunning "Milan"ga o'tishi tasdiqlanmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Milan" sport direktori Frederik Massara "rossonerilar" rahbariyati "Zenit" hujumchisi Serdar Azmun bilan shartnoma imzolashi mumkinligi hakidagi xabarlarni tasdiqlamadi.
"Azmun - iqtidorli futbolchi. Lekin bu mish-mishlardan boshqa narsa emas. Transfer oynasi allaqachon yopilgan va bu kabi yangiliklarning OAVda tarqalishi ma'nosizdir", - deydi Massara.
Eslatib o'tamiz, Eron terma jamoasi a'zosining "Zenit" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Hozircha futbolchi petrburgliklar bilan yangi shartnoma imzolamagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
400