Gvardiola Fati nega «Man Siti»ga o'tmasligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

«Barselona» vingeri Ansu Fati «Manchester Siti»ga o'tmaydi, deb da'vo qilmoqda El Nacional.
Manbaga ko'ra, ehtimoliy kelishuvga «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola to'sqinlik qilgan.
Ispaniyalik mutaxassis sobiq klubini hurmat qilgani uchun futbolchini «Barsa»dan uzoqlashtirmaslikka qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, «Siti» bilan muzokaralar tashabbuskori, ehtimol, o'yinchining agenti Jorje Mendesh bo'lgan.
Fati jarohati tufayli o'tgan yilning noyabridan buyon maydonga tushmadi. U chap tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325