Nunu Mendesh "PSJ"ga o'tgani haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"PSJ"ning yangi futbolchisi Nunu Mendesh frantsuz klubiga ijaraga o'tishi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men terma jamoa ixtiyoridaligimda, ular menga qo'ng'iroq qilib, "PSJ"ga o'tishim mumkinligi haqida gapirib berishdi. Men nihoyatda baxtli edim. Menda bunday sarguzasht tez sodir bo'lishini tasavvur ham qilmagandim. Albatta, bu ajoyib futbolchilar qatorida "PSJ"da bo'lish men uchun katta sharafdir. Menimcha, bu har qanday futbolchining orzusi. "PSJ" menga bolaligimdan yoqardi. Men agentim bilan hamkorlik qila boshlaganimda, men aynan shu erga borishni xohlayotganimni aytgandim. Oxir-oqibat, hamma narsa uning va mening sa'y-harakatim tufayli amalga oshdi",- deb Mendeshning so'zlaridan iqtibos keltirdi Championat.
Eslatib o'tamiz, 1 sentyabr kuni parijliklar rasmiy saytida "Sporting" himoyachisi Nunu Mendesh ijaraga olingani haqida xabar berilgandi. 19 yoshli portugaliyalik futbolchining ijara shartnomasi 2021/2022 yilgi mavsum oxirigacha hisoblangan. Shartnomada Mendeshning tovon puli 40 million evro etib belgilangan.

Bosh sahifaga
430