O'zbekiston og'ir atletika bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

IWF (Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi) 2021 yilgi Jahon chempionati mezboni nomini e'lon qildi.
Ijroqo'm qaroriga ko'ra, bu yilgi jahon birinchiligi hamda IWF saylov kongressi O'zbekistonda bo'lib o'tadi. Bu esa tabiiyki hamyurtlarimiz Xalqaro og'ir atletika federatsiyasidagi o'rnini mustahkamlashiga zamin yaratadi.
Ushbu saylov jarayonlari 20-21 dekabr kunlari bo'lib o'tadi. Jahon birinchiligi medallari uchun kurash Toshkentda 7-17 dekabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, shu yilning may oyida Toshkentda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon chempionati hamda Osiyo og'ir atletika federatsiyasi Kongressi-2021, qolaversa og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati yuqori darajada tashkillashtirilgan edi.

Bosh sahifaga
326