Tuxel "Chelsi" nima uchun Saulni ijaraga olganini haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel nima uchun Saul Niges "Atletiko"dan ijaraga olinganini tushuntirdi.
"Biz Billi Gilmor o'tgan mavsumda to'rtinchi yarimhimoyachimiz bo'lganligi va Premer-ligada ko'proq o'yin o'tkazishi uchun uni "Norvich"ga ketishiga rozilik bergan edik. Koronavirus bilan bog'liq vaziyat va Evro hamda Amerika Kubogidan so'ng, bu mavsum yarim himoyada faqat Mateo, Jorjino va Ngolo Kante qolganidan biroz xavotirga tushdim. Bu xarakterning etishmasligidan emas edi. Men eng baxtli murabbiyman, chunki mening qo'l ostimda bu uch yigit bor, lekin bu borada biroz oldindan aytish qiyin edi.
Dekabrda bizni klublar o'rtasidagi jahon chempionati kutib turibdi, oldinda yana ko'plab o'yinlar bor va nima bo'lishini oldindan hech kim bilmaydi. Ko'p hollarda, har uchtasidan ikkitasi o'ynaydi. Futbolchi jarohat olishi yoki diskvalifikatsiya qilinishi bilanoq, futbolchilarga ortiqcha yuk tushish xavfi tug'iladi. Shuning uchun biz buni echimini qidirdik va Saulni tanladik. Chunki, u ko'p yillar davomida "Chelsi"ning nishonida bo'lgan.
Men bu futbolchini ko'p yillardan buyon bilaman. Boshqa klublarda ishlagan paytim uni sotib olishga harakat qilganman, lekin buning iloji bo'lmagan edi. Shuning uchun, uni ijaraga olish imkoniyati paydo bo'lganida va uni qo'lga kiritganimizdan, biz bundan xursand bo'ldik. Aynan mana shunday futbolchi evaziga biz Jorjino va Kantega kerakli vaqtda dam bera olishimiz mumkin. U juda mehnatkash futbolchi va oddiy klubdan kelmadi. Menimcha, u jamoaga juda mos keladi va shuning uchun men xursandman. Biz o'yinchilar soni bo'yicha eng katta jamoa emasmiz, lekin bizda sifat va xarakter bo'yicha kuchli jamoa bor va men Saul klubning muhim bir qismiga aylanganidan juda xursandman", - deya Tuxel so'zlarini keltirdi klub matbuot xizmati.

Bosh sahifaga
310